“Oilaviy” ovoz berish holatlari uchramoqda — MSK raisi o‘rinbosari
Jamiyat
−
24 Oktabr 2021
6288O‘zbekistonda prezidentlik saylovida saylov uchastkalarida “oilaviy” ovoz berish holatlari hamon davom etmoqda. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov monitoring natijalariga tayanib ma’lum qildi.
“Ko‘rilgan keng targ‘ibot va tashviqot ishlariga qaramasdan ushbu salbiy amaliyotdan hali-hanuz to‘laqonli voz kecha olmaganimizni ko‘rsatmoqda. Shuning uchun barcha fuqarolardan “Bir saylovchi – bir ovoz” tamoyiliga qat’iy rioya qilishlarini yana bir bor so‘rab qolamiz”, degan Bahrom Qo‘chqorov.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi 519-saylov uchastkasida olingan videolavha tarqalgandi. Unda saylash yoshiga yetmagan o‘g‘li bilan saylov uchastkasiga kelgan erkak qo‘lida ikkita pasport bilan ro‘yxatdan o‘tgani, uchastka komissiyasi a’zolari unga ikkita byulleten berganini ko‘rish mumkin. Keyin erkak va uning o‘g‘li byulletenni to‘ldirib, ovoz berish qutisiga uni tashlagan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ovoz berish jarayoni soat 20:00 da yakunlanadi. Soat 17:00 holatiga jami saylovchilarning 71,8 foizi yoki 14 258 780 nafari ovoz berib bo‘ldi.
LiveBarchasi