Oiladagi zo‘ravonliklar uchun jazoni kuchaytirish vaqti keldi – To‘qayev

Olam

image

Oiladagi zo‘ravonliklar uchun jazoni kuchaytirsh vaqti keldi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 1 sentyabr kuni xalqqa qilgan Murojaatnomasida aytgan. 

Uning qayd etishicha, oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat deb hisoblash masalasi jamiyatda anchadan beri ko‘tarilib kelinmoqda. 

So‘nggi paytlarda og‘ir jinoyatlar – qotillik va to‘dalar urushi holatlari tez-tez uchramoqda.  Ular o‘ziga xos behayolik bilan ajralib turadi va butun jamiyatimiz uchun qiyinchilik tug‘diradi. 

Ushbu xavfli tendensiyani yo‘q qilish - jazoni kuchaytirish va bunday jinoyatlar uchun shartli ravishda ozod qilishni istisno qilish kerak. 

Oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat deb hisoblash masalasi jamiyatda anchadan beri ko‘tarilib kelinmoqda. 

“Huquq-tartibot idoralari bu qadamning zarurligiga shubha bilan qarashada, chunki ular ushbu qaror bu kabi huquqbuzarliklarni aniqlashning kamayishiga olib keladi, deb hisoblaydilar. 

Bunda qandaydir haqiqat bor. Biroq, nima bo‘lishidan qat’i nazar, biz ko‘plab oilaviy zo‘ravonlik holatlariga ko‘z yuma olmaymiz”, deydi To‘qayev. 

Uning tak’idlashicha, zo‘ravonlarning jazosiz qolishi ularning qo‘llarini yechib, aslida qurbonlarini himoyasiz qoldiradi. Bunday qilmishlar uchun javobgarlikni kuchaytirish vaqti allaqachon kelgan. 

“Oilaviy zo‘ravonlik qurbonlari jamiyatning qoralanishidan yoki boshqa birovning bosimidan qo‘rqishlari mumkin emas. Buning uchun politsiya ular bilan juda nozik ish olib borishi, barcha zarur choralarni ko‘rishi kerak”, deydi Qozog‘iston rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing