Oila boshlig‘i is gazidan zaharlanib vafot etdi
Jamiyat
−
16 noyabr 2019
4118Jizzaxda is gazidan zaharlangan fuqaro vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.
Voqea kecha, 15 noyabr kuni Do‘stlik tumani, G‘.G‘ulomov mahallasidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan
Oila boshlig‘i R.R., turmush o‘rtog‘i U.R. hamda farzandi Sh.R. lar yashash xonadoni oshxonasida o‘rnatilgan gaz plitasidan chiqqan is gazidan zaharlangan.
Oqibatda R.R. voqea joyida vafot etgan, U.R. hamda Sh.R. lar shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023