Og‘ir atletikachi Maftuna Ismoilova 4 yilga sportdan chetlatildi

Sport

image

Og‘ir atletikachi Maftuna Ismoilova doping-sinamada taqiqlangan moddalar aniqlanib, 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Maftuna Ismoilovadan o‘tgan yilning noyabr oyida musobaqadan tashqari davrda olingan doping-sinamada taqiqlangan “OXANDROLONE” va “STANOZOLOL” moddalari aniqlangan. 

Shu bois, Butunjahon antidoping kodeksining 2.1-moddasida ko‘zda tutilgan antidoping qoidabuzarligi uchun o‘tgan yilning 23 dekabridan boshlab, 2025 yil 22 dekabrga qadar 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, yunon-rum kurashchisi Sultonbek Elmurodov doping tufayli 4 yilga sportdan chetlatilgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

290

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing