Og‘ir atletikachi Diyorbek Ro‘zmetov Osiyo chempioni bo‘ldi

Sport

−

image

Toshkentda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Diyorbek Ermatov ikkita medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

-73 kg vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasida ishtirok etgan namanganlik Diyorbek Ermatov dast ko‘tarish mashqida 137 kg bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Afsuski, siltab ko‘tarishda u qayd etgan 150 kg ushbu mashqdagi medallarga yetarli bo‘lmadi. Biroq Ermatov ikki kurash bo‘yicha 287 kg bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Ma’lumot uchun, bugun kun davomida Jamila Panfilova (-55 kg), Husinboy Matrasulov, Ahliddin Hasanov hamda Bobur Umidov (barchasi -67 kg) kabi vakillarimiz o‘z yosh toifalarida medallar uchun kurash olib borishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing