Og‘an Erdo‘g‘an tarafga o‘tdi. G‘alaba naqddek

Olam

image

Turkiya Prezidentligiga nomzodini qo‘ygan va birinchi turdan so‘ng 5,17 foiz ovoz bilan mag‘lub bo‘lgan Sinan Og‘an yaqinlashayotgan ikkinchi tur saylovida amaldagi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anni qo‘llashini ma’lum qildi. Bu haqda “TRT Haber” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Og‘an saylovda u uchun ovoz berganlarga minnatdorlik bildirib, agar u chekinganida saylov birinchi turdayoq tugagan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. 

“Biz turk millatchiligi va kamolchiligini mamlakat kun tartibiga aylantirdik. Turk millatchilarini maqsadli auditoriya qildik. Muhojirlar haqida yetarlicha xabardorlikni yaratdik. Kurd ishchi partiyasi va Fathulloh Gulen kabi terror tashkilotlariga qarshi kurashda ularning Turkiya siyosatini qo‘lga olishlariga to‘sqinlik qildik”, deydi u. 

Sinan Og‘an, shuningdek, zilzila masalasini milliy xavfsizlik darajasidagi muammo deb atab, buning uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligini tuzish taklifi hali ham o‘z kuchida ekanini ma’lum qilgan. 

Bundan tashqari, u shu yilning 28 may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovdan oldin har ikkala nomzod: Kamol Qilichdoro‘g‘li hamda Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashib, muzokaralar olib borgani va saylovda amaldagi Prezidentni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sinan Og‘an ikkinchi turda Qilichdoro‘g‘lini qo‘llashini aytgandi.

Ma’lumot uchun, 28 may kuni bo‘lib o‘tadigan Turkiya Prezidenti saylovining ikkinchi turida ikki nomzod – Erdo‘g‘an va Qildichdoro‘g‘lidan qay birining g‘alaba qilishi ko‘p jihatdan Sinan Og‘anga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Boisi birinchi turda 5,17 ovoz olgan Sinan Og‘an ikkinchi turda ishtirok etmaydi va u o‘z tarafdorlarini qaysi nomzodga ovoz berishga yo‘naltirsa, o‘sha tomon g‘alaba qilish ehtimoli katta.


Maqola muallifi

Teglar

Sinan Og'an ikkinchi tur saylovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing