TATU talabasi voyaga yetmagan qarindoshi tomonidan o‘ldirib ketildi

Jamiyat

image

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi A.Sh ta’til vaqtida o‘z uyida o‘ldirib ketilgan. O‘zAning yozishicha, mazkur qotillik yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB bayonot berdi.

“2019 yil 28 iyun kuni soat 08:30 da Guliston shahar IIBga tushgan xabarga ko‘ra Guliston shahar, 3-mavzesi, “Obod yurt” mahallasi 35-uy, 3-xonadonda yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan Sh.A.O.ning tanasini bo‘yin, qo‘l, old va orqa qismlarida ko‘plab, sanchib-kesilgan jarohatlari bilan murdasi topilgan.

Dastlabki tergov oldi tekshirish harakatlari davomida, guvohlarning dastlabki ko‘rsatmalari va uy ichidagi tartibsizlikdan kelib chiqib, ushbu jinoyatni ikki nafar noma’lum shaxslar bosqinchilik maqsadida sodir qilinganligi taxmin qilinib, ushbu noma’lum shaxslarga nisbatan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, A.O.Sh.ni yaqin qarindoshi voyaga yetmagan R.G. o‘zaro kelib chiqqan janjal negizida oshxona pichog‘i bilan urib, tan jaroxati yetkazib, o‘ldirib, A.Sh.ni telefoni va jinoyat sodir qilish vaqtida ishlatilgan oshxona pichog‘ini jinoyat sodir etilgan uy yaqinidagi “Do‘stlik” kanaliga tashlab yuborganligi aniqlangan. Hozirgi vaqtida jinoyat ishi bo‘yicha daliliy ashyolar olingan va voyaga yetmagan R.G. O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etilib, ehtiyot chorasi sifatida “qamoqqa olish” qo‘llanilgan.

Hozirgi vaqtida ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov Departamenti tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Sirdaryo viloyati TATU

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing