OFK kubogi: “So‘g‘diyona” ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Sport
−
28 iyun 2022
10898Bugun, 27 iyun kuni futbol bo‘yicha OFK kubogining 2-turi doirasida Jizzaxning "Sog‘diyona" klubi Tojikistonning SSKA jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Bahsning dastlabki daqiqalaridan jizzaxliklar tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. Natijada, 3-daqiqadayoq Shoxruz Norxonov hisobni ochdi. 32-daqiqaga kelib, Elshibek Rashidbekov muvozanatni tikladi. 45-daqiqada esa Jasur Hasanov gol urib, Jizzax klubining 1-bo‘limni g‘alaba bilan yakunlashiga sababchi bo‘ldi.
Ikkinchi taym ham "So‘g‘diyona" futbolchilarining ustunligi bilan boshlandi. 46-daqiqada Shoxruz Norxonov dublni rasmiylashtirib, oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Biroq 48-daqiqada jizzaxliklar darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasidan Xurshed Jo‘rayev unumli foydalanib, o‘rtadagi farqni bittagacha qisqartirdi. Shu tariqa, uchrashuvda hisob boshqa o‘zgarmadi. Natijada, "So‘g‘diyona" 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Dastlabki turda jizzaxliklar Qirg‘izistonning "Neftchi" klubi 2:0 hisobida mag‘lub qilgan edi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi