Prezident Akademiyasiga oid farmon imzolanadi

Jamiyat

image_2019-12-18_09-15-54

Akademiya belgilangan kvotalardan tashqari to‘lov-kontrakt asosida ochiq tanlov yo‘li bilan davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish huquqiga ega. Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon loyihasida keltirib o‘tilgin.

Hujjatga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash davlat boshqaruvining talab etilgan va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha, davlat organlari va tashkilotlarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, shu jumladan, ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;

Akademiya davlat organlari va tashkilotlarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, belgilangan kvotalardan tashqari to‘lov-kontrakt asosida ochiq tanlov yo‘li bilan davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish huquqiga ega;

Akademiyaning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida tahsil oluvchi davlat fuqarolik xizmatchilari kontingenti har yili 1 avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi) tomonidan tasdiqlanadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

farmon Prezident Akademiyasi

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing