Olimlar fikri: “Koronavirus deyarli yuqmaydigan odamlar ham bor...”

Olam

image

Yangi koronavirus bolalar va o‘smirlarga juda kam hollarda yuqadi. Ushbu ma’lumot XXR kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining tahlili asosida tayyorlangan statistikada keltirilgan. 

Mutaxassislar 2020 yil 11 fevralgacha sodir bo‘lgan COVID-19’ning 70 mingdan ortiq holatini o‘rganishdi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, 10 yoshgacha va 10 dan 19 gacha bo‘lgan yosh toifalari kasalikka chalinish holatlarining bir foizini tashkil qiladi.

Yevgeniy Ivanovich Marsinovskiy nomidagi tropik tibbiyot va parazitologiya instituti direktori Aleksandr Lukashevning so‘zlariga ko‘ra, bu masala batafsil o‘rganishni talab etadi.

"Virus haqiqatan ham bolalar uchun juda xavfli bo‘lmasligi mumkin, ammo hozirga qadar bu borada yetarli ma’lumot yo‘q", deb ta’kidladi mutaxassis.

Nijegorod davlat universitetining biologiya va biotibbiyot instituti direktori Mariya Vedunovaning fikricha, bolalar va o‘smirlar haqiqatan ham koronavirusdan yaxshi himoyalangan. Uning tasdiqlashicha, infeksiyaga yoshi kattalarning yuliqishi ehtimoli yuqori.

"Inson immuniteti yosh ulg‘aygan sari susayadi va tanada infeksiyalarga moyillik ko‘proq bo‘ladi. Surunkali kasalliklarning mavjudligi ko‘pincha asoratlarni keltirib chiqaradi", dedi Vedunova.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 92 138 nafarga yetdi. Ushbu kasallikdan 3136 kishi vafot etdi. 48 313 bemor shifo topgan.

Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80151 bemor – 2945 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (5186 – 34), Italiya (2036 – 52), Eron (2336 – 77), Italiya (2036 – 52), Yaponiya (274 – 6), Fransiya (191 – 4), Germaniya (165 – 0), Ispaniya (120 – 0), Singapur (108 – 0), AQSH (103 – 6), Gonkong (100 – 2).


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

673

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing