Odil sudlov ta’minlanyapti deb baralla ayta olmaymiz – Ortiqova

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova bugungi kunda odil sudlov qay darajada ta’minlangani borasidagi fikrlarini bildirdi. U bu haqda bugun, 25 yanvar kuni Xalqaro Press-klubning “Prezident Murojaatnomasi: sarhisob, tahlil, milliy rivojlanishning yangi davri” (sud-huquq sohasida) mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasida aytib o‘tdi.

“Hozirgi kunda odil sudlov ta’minlanyapti deb baralla ayta olmaymiz”, deya ta’kidladi Svetlana Ortiqova.

Shuningdek, Bosh prokuror o‘rinbosari Prezident murojaatnomasida alohida e’tibor qaratilgan odil sudlovlar va sud-huquq tizimida faoliyat yurituvchi xodimlarning professional faoliyati haqida to‘xtaldi.

“Odil sudlov deganda tergovchi, prokuror, advokat va shu jarayonda oxirgi nuqtani qo‘yadigan sudya ko‘z oldimizga keladi. Shu 4 ustun mustahkam bo‘lsa hamda bilimli, professional va ularning faoliyati korrupsiyadan holi bo‘lsa, shundagina odil sudlovni ta’minlay olamiz. Hozirgi kunda baralla odil sudlov ta’minlanyapti deb ayta olamizmi? Afsuski yo‘q. Prezident ham murojaatnomada shunga alohida e’tibor berdilar. O‘zbekistonda insonning qadr-qimmati, haq-huquqi – ulug‘, birinchi o‘rinda inson, keyin jamiyat va davlat turadi”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing