Odil Ahmedov yangi jamoaga o‘tdi

Sport 18472
image
-

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Odil Ahmedov Xitoy Superligasida ishtirok etadigan “Sanchjou Mayti Layons” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.

Namanganlik 33 yoshli futbolchi yangi jamoasidagi ilk o‘yinini 21 aprel kuni o‘tkazishi mumkin.  

Xitoy superligasi o‘zbekistonlik futbolchiga begona emas. Ahmedov bungacha Xitoyning “Shanghai SIPG” va “Tyanszin Teda” klublarida ham harakat qilgan. 

U so‘nggi jamoasini klubdagi moliyaviy inqiroz tufayli tark etgan.

Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov 1987 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. Faoliyati davomida u yuqorida keltirilgan Xitoy klublaridan tashqari, Toshkentning “Paxtakor”, Rossiyaning “Anji” va “Krasnodar” klublarida to‘p surgan.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 968
Reyting: 3
t
×