Odil Ahmedov milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Sport

image
0:00
0:00
download

Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda bugun, 19 iyun kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tayotgan O‘FA kongressida ma’lum qilindi. DXX raisi – O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizovdan keyin so‘z olgan futbolchi MTJdagi faoliyatini yakunlashi haqida so‘z ochdi.

U so‘zini kuni kecha Saudiya Arabistoni bilan bo‘lib o‘tgan o‘yindagi mag‘lubiyat uchun uzr so‘rashdan boshladi. 

“Futbolni aldab bo‘lmaydi. Agar biz bugun o‘zgarmasak, har safar shunday turib kechirim so‘rayveramiz. Futbolchi bo‘ladimi, murabbiy bo‘ladimi, yoki futbol ichida ishlaydigan odam bo‘ladimi, futbolni birinchi o‘ringa qo‘ymasa, natija bo‘lmaydi. Asosiy katta muammolarimizdan biri – bolalar futbolini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganimizda. 

Terma jamoadagi faoliyatimni esa, yakunladim”, deydi Ahmedov

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

397

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing