Odessa elektr transportisiz qoldi

Olam

image

Odessa shahar elektr transporti elektr energiyasiga yangi cheklovlar tufayli ishni to‘xtatdi. Bu haqda shahar kengashi ma’lum qildi.

"Elektr energiyasi limiti pasaytirilishi munosabati bilan jamoat elektr transporti o‘z ishini yakunlamoqda. Harakatlanuvchi tarkib depoga qaytmoqda", deyiladi shahar hokimligining Telegram kanalida.

14 yanvar kuni ertalab “Ukrenergo” milliy energetika kompaniyasi mamlakatning 11 viloyatida elektr energiyasi iste’moli chegarasidan oshib ketgani, shu sababli favqulodda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgani haqida xabar bergan edi.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning raketa hujumlari oqibatida davlatdagi barcha yirik gidro va issiqlik elektr stansiyalari zarar ko‘rgan. Shaharlarda chiroq o‘chishi holatlari hamon davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Odessa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing