Odamlar to‘plangan joyga bormang – Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

Olam

image

Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolaridan mamlakatdagi turli ruxsat berilmagan namoyishlarda ishtirok etmaslik so‘ralmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shunday chaqiriq bilan chiqdi.

“Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasi hududlarida davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyishlar o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan bunday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni, Rossiya Federatsiyasi qonunlariga rioya etishni va odamlar ko‘p to‘planayotgan joylarga bormaslikni so‘raydi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Rossiyadagi “Bahor” yoshlar harakati Vladimir Putinning qisman safarbarlik e’lon qilishiga javoban mamlakat bo‘ylab namoyishlar o‘tkazishga chaqirdi.

Ma’lumot o‘rnida, bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing