Odamlar kattakonlarni qanchalik taniydi?
Jamiyat
−
24 yanvar 2023 12639 1 daqiqa
Siyosiy ong kishilarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini belgilab beradi. Rahbarlik lavozimlariga ko‘tarilishda ham siyosiy ong muhim sanaladi, shuningdek, fuqarolarni jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga nisbatan faol ishtirok etishga undaydi. Odamlarda huquqiy bilimni ortishiga yordam beradi. Xo‘sh, hamyurtlarimizga hukumat vakillari qanchalik tanish?
QALAMPIR.UZ mazkur savol bilan poytaxtliklarga yuzlandi. Ularga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Tanzila Norboyevaning suratlari ko‘rsatildi.
Avvaliga, Bosh vazir Abdulla Aripovning rasmi ko‘rsatilganda, kishini lol qoldiradigan javoblar ham yangradi. Masalan, uni prezident deb atagan yoki Nurmat Otabekov va Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan adashtirganlar ham uchradi. Respondentlar orasida ko‘proq yoshi kattalar va ayollar Bosh vazirni suratidan taniy oldi.
Navbatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Tanzila Norboyevaning surati ko‘rsatildi.
“Ha, taniyman. Bu inson islohotlarimizning boshida turgan Tanzila Norboyeva”, dedi so‘rovnomada qatnashganlardan biri. Biroq Senat raisini tanimaganlar ko‘proq uchradi.
QALAMPIR.UZ so‘rovnomasining to‘liq shaklini esa quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
Akobir Misiraliyev
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025