Odamlar hayoti, mulki va tirikchiligi xavf ostida – BMT Bosh kotibi butun dunyo aholisini yangi xatardan ogohlantirdi
Olam
−
14 fevral 2022
17757Sayyora uch tomonlama inqirozni boshidan kechirmoqda: iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi va ifloslanish. Bu haqda BMT rahbari Fransiyada o‘tgan “Yagona okean” sammiti ishtirokchilariga murojaatida aytib o‘tdi. U insoniyatni dengiz ekotizimlarini himoya qilish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.
“Okean ekologik inqirozning og‘ir yukini ko‘tarmoqda – u “issiqlik va uglerodning ulkan omboriga” aylandi. Natijada, okean isib, kislotalilashmoqda, qutb muzliklari erib, global ob-havo sharoitlari o‘zgarib bormoqda. Bu okean ekotizimlariga ham, ularga bog‘liq bo‘lgan odamlarga ham ta’sir qiladi”, deya ta’kidladi BMT rahbari.
U okean sayyoradagi 3 milliard odamning tirikchilik manbai ekanini eslatdi.
Shu bilan birga, dengiz turlarining soni kamayib bormoqda, marjon riflari nobud bo‘lmoqda, dengizlar plastik qoldiqlardan "bo‘g‘ilyapti" va ortiqcha baliq ovlash baliq resurslarini kamaytirmoqda.
"Biz yo‘nalishni o‘zgartirishimiz kerak", deydi Guterrish.
UNESCO: 2030 yilga kelib dengiz tubining 80% xaritaga tushadi
Okeanga ongli munosabatda bo‘lishning huquqiy asosi bundan qirq yil avval, BMTning dengiz huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasi imzolangan paytda qo‘yilgan edi. BMT rahbari iyun oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti okeanlar bo‘yicha ikkinchi konferensiya o‘tkazayotganini ma’lum qildi – u Lissabonda bo‘lib o‘tadi. Guterrish umid qilganidek, ushbu forum Barqaror rivojlanish maqsadlari va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij kelishuvini amalga oshirish bo‘yicha global sa’y-harakatlarni kuchaytiradi.
"Barqaror yashil iqtisodiyot okeanni himoya qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda iqtisodiy taraqqiyot va ish o‘rinlarini yaratishga yordam beradi", deydi BMT Bosh kotibi.
U bir qancha mamlakatlarda dengiz ekotizimlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni olqishladi va 2030 yilgacha dunyo okeanining 30 foizini himoya qilishga chaqirdi. Shu maqsadda, BMT rahbarining fikricha, okean suvlarining ifloslanishining oldini oladigan hamkorlikning yangi samarali usullarini izlash zarur.
Shu nuqtai nazardan, Antoniu Guterrish qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tishni tezlashtirish va qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramlikni kamaytirishga chaqirdi. Uning eslatishicha, jahon savdo yuklarining 90 foizdan ortig‘i dengiz orqali tashiladi, dengiz transporti esa umumiy issiqxona gazlari chiqindilarining uch foizini tashkil qiladi.
“Haroratning selsiy bo‘yicha 1,5 daraja ko‘tarilishini ushlab turish uchun yuk tashish sektori 2030 yilga borib emissiyalarni 45 foizga kamaytirishi va 2050 yilgacha uglerod neytralligiga erishishi kerak”, deya ogohlantirdi BMT rahbari.
U, shuningdek, qirg‘oq bo‘yidagi jamoalarni iqlim o‘zgarishiga moslashtirishda "yutuq" qilish zarurligini eslatdi: odamlar hayoti, mulki va tirikchilik vositalari endi xavf ostida, deya ogohlantirdi Guterrish. Xulosa o‘rnida, BMT rahbari ilmiy bilimlar sohasidagi mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish va Okean fanlari o‘n yilligi doirasida belgilangan maqsadlarga erishishga chaqirdi.
LiveBarchasi