Endi Putin istagan mamlakatiga bostirib kirishi mumkin
Olam
−
11:50 11373 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya ishtirokisiz xorijiy sudlar qarori bilan hibsga olingan rossiyaliklarni himoya qilish uchun Rossiya Qurolli kuchlarini jalb etishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda hukumat portalida e’lon qilindi.
Qonunga ko‘ra, agar xorijiy organlarning qaror va harakatlari Rossiya manfaatlari hamda Rossiya jamoat huquqiy tartibi asoslariga zid deb topilsa, rossiyaliklarni xorijda himoya qilish uchun armiya jalb qilinishi mumkin, ya’ni qonun boshqa davlat sudi uchinchi davlat topshirig‘i asosida, Rossiya ishtirokisiz ish yuritgan holatlar haqida bo‘lib, agar shunday holatda Rossiya fuqarosiga nisbatan ish boshlansa bunga Qurolli kuchlarni jalb etish qonuniylashtirildi. Shuningdek, bunday holatda sudning Rossiya bilan xalqaro shartnoma yoki BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi asosida vakolatga ega bo‘lmagan holatlar ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, Prezident qaroriga ko‘ra, xorijda bo‘lib turgan rossiyaliklarni himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni Rossiya davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyani tark etgan hokimiyat tanqidchilarining mol-mulki ularga qo‘yilgan jarima miqdoridan qat’iy nazar hibsga olinishi belgilangan edi.
Live
Barchasi