BMT Isroilni G‘azodagi genotsidni to‘xtatishga chaqirdi
Olam
−
19 may 810 2 daqiqa
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Isroil hukumatidan G‘azo sektorida genotsid harakatlariga yo‘l qo‘ymaslikni talab qildi. Shuningdek, tashkilot Falastin hududi va bosib olingan G‘arbiy Sohil bo‘ylab “etnik tozalash”dan xavotirda ekanini bildirgan. Bu haqda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha byurosiga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi.
Byuroning genotsidni to‘xtatish bo‘yicha talabnomasi joriy yilning 18 may kuni e’lon qilingan. Unga ko‘ra, 2025 yilning may oyidan buyon Isroil tomonidan G‘azo sektorida Xalqaro gumanitar huquqning jiddiy buzilishiga yo‘l qo‘yilgan. Bu esa tashkilot tomonidan ko‘p hollarda urush jinoyatlari va boshqa vaxshiyliklarga olib kelishi mumkin degan xulosaga kelingan. Global miqyosdagi tashkilotlar, jumladan, BMT qoshidagi Genotsid bo‘yicha xalqaro huquqshunoslar assotsatsiyasining yakuniy xulosalarida Isroilning kichik anklavga qarshi hujumlari insoniyatga qarshi genotsid ekanligi qayd etilgan. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti esa G‘azoda bir yil ichida 73 mingga yaqin inson halok bo‘lganini ma’lum qilgan.
Bayonotda qo‘shimcha qilishicha, Isroil armiyasi garovga olinganlarning bir qismini ozod qilgan va ba’zi hujumlari harbiy nishonlarga qaratilgan bo‘lsa-da, bu harakatlarning aksariyati noqonuniy deb topilgan.
Xalqaro ekspertlar joriy yilning aprel oyida Isroilning Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi imzolanganidan so‘ng G‘azo sektorini bombardimon qilish tezlashgani haqida ogohlantirdi. Zo‘ravonlik holatlari ayniqsa G‘arbiy Sohil hududlarida avj olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azo sektori markazida va ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda 20 yil ichida ilk bor saylovlar o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.
Hojiakbar Muhammadjonov
Live
BarchasiPutin Xitoyga yetib bordi
19 may