Odamdan odamga yuquvchi virus yana ikkita davlatda aniqlandi

Olam

image

Xitoyning o‘lim koronavirusi 2019-nCoV yana ikki mamlakatning bemorida aniqlandi. Bular Vetnam va Saudiya Arabistoni ekanligi aytilmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.

Vetnam Sog‘liqni saqlash vazirligining maxlum qilishicha, Xitoyning ikki fuqarosi virusni aniqlovchi testdan o‘tkazilganida, ularning natijasi ijobiy chiqqan. Ota va o‘g‘il tana haroratlari ko‘tarilgach, 22 yanvar kuni Xoshimindagi shifoxonaga yotqizilgan. Keyinchalik o‘g‘il yaqindagina Xitoyning Uxan shahridan kelgani ma’lum bo‘lgan.  

Bundan tashqari, koronavirus Saudiya Arabistonining janubiy qismida hamshira bo‘lib ishlaydigan hind qizida uchragan. Hindiston Tashqi ishlar vaziri Vellamvelli Muralidxaran taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, karantinda bo‘lgan 100 nafar ayol testdan o‘tkazilgan. Ulardan birida virus qayd etilgan, hozirda u davolanishda ekanligi aytilmoqda.

Avvalroq, mutaxassilar 2019-nCoV koronavirusini muvaffaqiyatli davolash metodini topishgani haqida xabar bergan edik


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing