Odam necha marta koronavirus bilan kasallanishi mumkin?

Bu qiziq

image
Koronavirusga qarshi vaksina qachon paydo bo‘ladi? north_east

Koronavirusga qarshi vaksina qachon paydo bo‘ladi?

Bir odam nechta marotaba koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishi mumkin? Ushbu savol bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovga murojaat qilindi.

“Koronavirus infeksiyasi shunday kasallikki, ushbu kasallikni bir marta yuqtirgan insonda turg‘un orttirilgan immunitet hosil bo‘ladi. 

Biroq shunisi ham borki, koronavirusning 40dan ortiq variantlari (shtammlari) bor. Bir turdagi koronavirusdan hosil bo‘lgan immunitet ikkinchi turdagi infeksiya uchun immunitet bo‘la olmaydi. 

Bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi koronavirus infeksiyasi tarqalgan bo‘lishi mumkinligini hisobga olsak, bir inson ushbu kasallikdan bir necha bor xastalanishi mumkin”, deydi Otabekov savolga javoban.

Ma’lumot o‘rnida, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 387 382 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 16 767 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 101 987 virusdan butkul forig‘ bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 50 nafarga yetdi. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

325

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing