OCHL. “Al-Ittihod” OKMKni yirik hisobda mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 18 sentyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining (OCHL) guruh bosqichi doirasida Toshkent viloyatining OKMK klubi va Jiddaning “Al-Ittihod” jamoasi o‘zaro bahs olib bordi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi o‘zbekistonlik futbolchilar mezbonlarga yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq vaziyatni o‘zi tomonga og‘dirib olgan “Al-Ittihod” futbolchilari 11-daqiqada hisobni ochdi. Dastlabki golga Kamara mualliflik qildi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, o‘yinning 15-daqiqasida raqib jamoaning navbatdagi xavfli hujumi Romarinoning goli bilan yakunlandi, 2:0.

Bahsning 40-daqiqasida Dilshod Ahmadaliyev qo‘pol o‘ynadi va Romarino bunga munosib tarzda javob qaytardi. 42-daqiqada u penaltidan gol kiritib, o‘z nomiga dubl yozdirib qo‘ydi. Uchrashuvning birinchi bo‘limiga yaponiyalik bosh hakam Kimira Hiroyuki qo‘shib bergan 6 daqiqa vaqt ichida hisob o‘zgarmadi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida ham hisob o‘zgarmadi va shu tariqa OKMK 0:3 ko‘rinishida imkoniyatni boy berdi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

OChL OKMK Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing