Sardobada ochiq qolgan derazadan kirgan shaxs uy egasini o‘ldirdi

3-sahifa

image

Joriy yil 30 sentyabrga o‘tar kechasi Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida noma’lum shaxs fuqaro M.G. xonadoniga g‘ayriqonuniy kirib, uy egasini pichoqladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, voqea tumanning Halqaobod mahallasi Paxtaobod ko‘chasida sodir bo‘lgan. Jinoyatchi uyga ochiq qoldirilgan oyna orqali kirib, uy egasi fuqaro M.G.ga ikki marta pichoq urib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazgan.

Xabarga ko‘ra, Sardoba tumanining tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan 1-yordamga qaramay, jabrlanuvchi vafot etgan. Mazkur voqeaga e’tiborsizlik va loqaydsizlik sabab bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, pichoqlanish bilan bog‘liq jinoiy holatlar tez-tez uchrab turadi. Jumladan, joriy yilning sentyabr oyida Toshkent viloyatida erkak sobiq turmush o‘rtog‘ini Majburiy ijro byurosida pichoqlagan edi. Bundan tashqari, Namangan viloyati Chust tumanida 19 yoshli fuqaro 1991 yilda tug‘ilgan o‘gay otasini pichoqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

711

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing