Ochiq fazoga birinchi chiqqan fazogir vafot etdi
Olam
−
11 Oktabr 2019
4849Bugun, 11 oktyabr kuni Rossiya poytaxti Moskvada sobiq fazogir Aleksey Leonov 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.
Aleksey Leonov 1960 yilda sobiq Sovet Ittifoqi kosmonavtlarining birinchi guruhiga qabul qilindi. 1965 yil 18-19 martda Pavel Belyayev bilan birgalikda "Vosxod-2" kosmik kemasida ikkinchi uchuvchi sifatida kosmosga uchdi.
Parvoz paytida u fazoni kashf etish tarixidagi birinchi kosmik parvozni ochiq fazoda oshirdi, Leonov ochiq fazoda 12 daqiqa bo‘lgandi.
Muvaffaqiyatli parvoz va bir vaqtning o‘zida ko‘rsatgan jasorati hamda qahramonligi uchun podpolkovnik Leonov Aleksey Arxipovichga 1965 yil 23 martda Lenin ordeni va "Oltin yulduz" medali bilan Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.
U shuningdek, 1965-1969 yillarda u bir guruh kosmonavtlar tomonidan oyga uchish va oyga qo‘nish dasturlarini tayyorlashda qatnashgan.
LiveBarchasi