Obodonlashtirish xodimlarini uyida majburan ishlatgan “zamhokim” jarima bilan qutuldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi muovini o‘z uyida obodonlashtirish ishchilarini majburan ishlatgani haqida xabar tarqaldi.

Mazkur xabarda keltirilgan fakt yuzasidan Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, tuman hokimi o‘rinbosari Obodonlashtirish boshqarmasi ishchilarini soya donini quritish va tozalash ishlariga jalb etgan.

Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari (13,5 mln so‘m) miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Avvalroq, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Sardor Rajabboyev obodonlashtirish xodimlarini uyida ishlatgani aniqlangandi. Shundan so‘ng u egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing