Obodonlashtirish xodimlarini uyida ishlatgan prokuror “uchdi”

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori obodonlashtirish xodimlarini uyida ishlatgani haqida xabarlar tarqalib, e’tirozlarga sabab bo‘lgandi.

Xabarda Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Sardor Rajabboyev Andijon tumanida joylashgan uchastkasida tuman obodonlashtirish xodimlarini bahor oyidan kuzgacha ishga jalb qilgani aytilgandi. 

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv boshlagan Bosh prokuratura surishtiruv yakunlanganini ma’lum qildi.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, Bosh prokurorning bugun, 23 avgust kungi buyrug‘iga asosan Sardor Rajabboyev intizomiy jazo tariqasida egallab turgan Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori lavozimidan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

814

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing