Obod mahallada “temir daftar”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari bo‘lmasligi kerak – Prezident

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avval xabar berganimizdek, bugun, 24 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini joriy yilda amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti. 

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev haqiqatan obod mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qamrab oluvchi “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari bo‘masligi kerakligini ta’kidladi.

“Bir narsani barcha hudud va sektor rahbarlari aniq tushunib olishi zarur. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” deganda, nafaqat ularning yo‘llari yoki mahallaning qiyofasi yaxshilanishi, balki u yerdagi aholining daromadi ko‘payishi, ijtimoiy soha ob’ektlari to‘liq ishlashi, bir so‘z bilan aytganda, т́анланgaн mahalla har tomonlama obod bo‘lishi kerak.

Eng asosiysi, haqiqiy obod mahallada “temir daftar”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari bo‘lmasligi lozim”, deydi Prezident.

Buning uchun, loyihalarni ishlab chiqishda qishloq va mahalla aholisi hamda tadbirkorlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish orqali, ular ishtirokini ta’minlash, bunda obodonchilik bilan bir qatorda, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish ob’ektlarini barpo etishni ham inobatga olish zarur ekani ta’kidlandi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari “bir martalik ish”ga aylanib qolmasligi, qilingan har bir so‘m investitsiya, одамларимизѓа uch baravar ko‘p foyda keltirishi, ularning daromadini oshirishi lozim”, deydi Prezident Mirziyoyev.

Yig‘ilishda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari “bir martalik ish”ga aylanib qolmasligi, qilingan har bir so‘m investitsiya, одамларимизѓа uch baravar ko‘p foyda keltirishi, ularning daromadini oshirishi lozim ekani qo‘shimcha qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Obod qishloq Obod mahalla

Baholaganlar

87

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing