Moliya vazirligi: Gulnora pullarini qaytarmagan
Jamiyat
−
27 iyun 2019
8917Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova O‘zbekiston xalqiga murojaat yo‘llab, unda o‘ziga tegishli bo‘lgan 1,2 mlrd AQSH dollarining davlat foydasiga o‘tkazilayotgani haqida ma’lum qilgan edi.
Bugun, 27 iyun kuni Moliya vazirligi bu haqda rasmiy bayonot bilan chiqdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro G. Karimova tomonidan davlat foydasiga 1,2 mlrd. AQSH dollari o‘tkazildi degan xabar tarqaldi.
Davlat byudjetiga undirilgan mablag‘larning fuqarolar kesimidagi hisobi Moliya vazirligi tomonidan yuritilmaydi. Bunda o‘tgan yili va joriy yilning birinchi yarmida ko‘rsatilgan miqdorda mablag‘lar byudjetga kelib tushmadi.
Xususan, o‘tgan yili davomida davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulk (valyuta mablag‘lari va zargarlik buyumlarini qo‘shgan holda) sotishdan tushumlar 163 mlrd so‘mni yoki 20,2 mln AQSH dollarini (o‘rtacha yillik kurs bo‘yicha) tashkil qildi.
Joriy yil birinchi yarmida esa davlat ixtiyoriga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan 99,4 mlrd.so‘m yoki 11,8 mln. AQSH dollari (o‘rtacha kurs bo‘yicha) kelib tushdi”, deyiladi bayonotda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr