Obama, Tramp, Putin, Erdo‘g‘an... 10 yillikning taqdirini belgilaganlar ma’lum bo‘ldi

Olam

4 (15)

Buyuk Britaniyaning “Financial Times” (FT) gazetasi “o‘n yillikning 50 odami” ro‘yxatini e’lon qildi. Unga 19 nafar ko‘zga ko‘ringan siyosatchi, 22 nafar biznesmen va 10 nafar madaniyat, ilm-fan, shou-biznes va sport vakillari kiritildi.

FT tanlagan siyosatchilar orasida Turkiya va Fransiya Prezidentlari Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Emmanuel Makron, Oq uyning sobiq xo‘jayini Barak Obama va AQSHning amaldagi rahbari Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al-Saud, Xitoy raisi Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kiritilgan.

Ro‘yxatdagi davlat rahbarlariga AQSH maxsus xizmatining sobiq xodimi Edvard Snouden, pokistonlik faol va Nobel mukofoti laureati Malala Yusufzay, Gonkongdagi ommaviy noroziliklar yetakchisi Joshua Vong va 2011 yilda o‘z joniga qasd qilib, Tunisdagi “jasmin inqilobi”da muhim burilish yasagan meva sotuvchi Muhammad Bauzizi hamrohlik qilyapti.

Bundan tashqari, ro‘yxatga 2016 yilda AQSHga ketib, Butunjahon aksildoping agentligining (WADA) axborotchisiga aylangan Moskva antidoping laboratoriyasi sobiq rahbari Grigoriy Rodchenkov ham kiritilgan. 

FT ro‘yxatidan Apple rahbari Tim Kuk va Amazon asoschisi Jeff Bezos, Yevropa markaziy banki sobiq rahbari Mario Dragi, Netflix kompaniyasi ta’sischisi va rahbari Rid Xastings hamda Uber asoschisi Trevis Kalanik, Tesla rahbari Ilon Mask va Alibaba korporatsiyasi asoschisi Jek Ma kabi yirik beznes vakillari joy olgan.

Ro‘yxatga shuningdek, tennischi Serena Uilyams, irsiyatni o‘zgartirish texnologiyasi “CRISPR-cas9” ni ishlab chiqqan amerikalik Jennifer Dudna, prodyuser Xarvi Vaynshteynni jinsiy zo‘rlashda ayblab, zo‘rlikka qaro‘i #MeToo harakatini boshlagan aktrisa Rouz Makgoun ham qo‘shib qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Donal'd Tramp Barak Obama

Baholaganlar

148

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing