Obama 5 yil deganda Oq uyga qaytdi 

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama besh yil ichida birinchi marta kecha, 5 aprel kuni Oq uyga tashrif buyurdi. U sog‘liqni saqlash sohasida qabul qilingan qonunning 12 yilligi munosabati bilan Oq uyga kelgan. 

Tadbirda AQSH Prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamola Xarris ham ishtirok etgan. Obama nutqini hazil bilan boshlab, Baydenni vitse-prezident sifatida tilga olgan. 

“Bu hazil, mening Prezidentim Bayden”, deb qo‘shimcha qilgan Obama. 

Bayden hazilni tushungan va xafa bo‘lmagan.

“Oq uyga qaytish juda yoqimli”, degan, shuningdek, Obama. 

Obama sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlaridan ko‘ra “hech narsa uni g‘ururlantirmasligini” qo‘shimcha qilgan. 

AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistondan tartibsiz ravishda olib chiqilishi va rekord darajadagi inflyatsiya sharoitida amaldagi Prezidentdan farqli o‘laroq, Barak Obama va uning rafiqasi Mishel nafaqat demokratlar, balki Amerikaning o‘rtacha aholisi orasida ham nisbatan mashhur bo‘lib qolmoqda. Obamaning Oq uyga tashrifi hozirda ko‘pchilik tomonidan 2022 yilgi oraliq saylovlar oldidan demokratlarning umumiy saylovoldi reytingini yaxshilashga urinish sifatida baholanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Obama Bayden

Baholaganlar

545

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing