Ob-havoning o‘zgarishi zilzilaga sabab bo‘ladimi?
Bu qiziq
−
06 Oktabr 2019
6167Noqulay ob-havo sel, ko‘chki, suv toshqni kabi ofatlarga sabab bo‘lishi hech kimga sir emas. Ammo ob-havoning o‘zgarishi zilzilaga sabab bo‘lishi mumkinmi, degan savol tug‘iladi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, atmosfera jarayonlarining rivojlanishi yer qobig‘i holatiga umuman bog‘liq emas, shuning uchun yer yuzasi ayrim uchastkalari tebranishiga bevosita ta’sir qilmaydi.
Biroq seysmik faol zonalarda barik tizimlarning tez almashishi va buning natijasida biron-bir joy ustida atmosfera bosimining keskin o‘zgarishi nobarqaror muvozanat holatida bo‘lgan yer qobig‘i qatlamlarining vertikal siljishiga turtki bo‘ladigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Ya’ni, tabiatda atmosfera jarayonlaridan qat’iy nazar muqarrar bo‘lgan zilzilani yuzaga keltirishi mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, yer yuzasining katta maydonlari ustida atmosfera bosimining keskin o‘zgarishi bilan birga kuzatiladigan yirik atmosfera quyunlari harakati zilzilaning yuzaga kelishini tezlashtirishga qodir, biroq zilzilaning bevosita sababi bo‘la olmaydi.