OAVga noto‘g‘ri ma’lumot berganlik uchun javobgarlik joriy etiladi
Jamiyat
−
14 dekabr 2020
5898Bugun, 14 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qonun loyihasining amaliyotga joriy etilishi bilan milliy OAV va jurnalistlarning professional faoliyati uchun yangi samarali mexanizmlarni joriy etishga imkoniyat yaratiladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni erkin olishlari hamda ularning faoliyatiga aralashmaslik bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar belgilanadi.
Shuningdek, yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun yuridik javobgarlik choralarining qabul qilinishi fuqarolarning axborot huquqlarini himoya qilish, kommunikatsiya tizimiga dolzarb va ishonchli axborotlarning kiritilishiga, shuningdek jamiyatning xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashga ko‘mak beradi.
Qizg‘in bahs va munozaralar tarzida o‘tgan yig‘ilish yakunida kun tartibida ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
LiveBarchasi