OAV: Jirinovskiyning nafas olishi qiyinlashdi
Olam
−
03 mart 2022
12937Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy ahvoli yomonlashmoqda. Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarga ko‘ra, uning nafas olishi qiyinlashgan.
Jirinovskiy doimiy ravishda sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan holda qolmoqda, o‘pkasida jiddiy shikastlanish va shish yuzaga kelgan. Shifokorlar uni uxlatib qo‘ygan. Ayni vaqtda siyosatchi tibbiy uyquda.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda bu xabarlar rasmiy tasdig‘ini topmagan.
Vladimir Jirinovskiy joriy yilning 2 fevral kuni koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallangandi. Oradan biroz o‘tib, uning sun’iy nafas olish apparatiga ulangani va tibbiy koma holatiga tushirilgani aytilgan edi.
Mahalliy nashrlarning joriy yilning 9 fevralida bergan xabariga qaraganda, Jirinovskiy ahvoli og‘ir va u allaqachon sun’iy havo berish moslamasiga ulangan edi. Uning atrofidagi manbalarning bildirishicha, Vladimir Jirinovskiy qarindoshlari, hamkorlari, yaqinlari va shifokorlarini tanishni to‘xtatgan.
Vladimir Jirinovskiy sobiq sovet davlatlariga aloqador turli xil tuturiqsiz provokatsion fikrlar bildirishi bilan odamlarga yaxshi tanish. Ko‘plab ekspertlar uni "Kremlning og‘zi" deb hisoblaydi.
So‘nggi bor u Qozog‘istonda yanvar oyida yuz bergan tartibsizliklar SSSR tarkibida bo‘lgan barcha respublikalarda sodir bo‘lishini aytgandi.