OAV: O‘zbekiston Afg‘oniston bilan chegarasini yopib qo‘ygan

Jamiyat

image

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tavsiyasi bilan hukumat Afg‘oniston bilan chegarani yopgan.

Bu masala bir hafta oldin 24 fevral kuni ko‘rib chiqilgan. Ishtirokchilar o‘zbek-afg‘on chegarasini vaqtincha yopish va boshqa masalalarni muhokama qilgan.

Ma’lumot uchun, dunyoning 70 ga yaqin davlatiga kirib borgan COVID-19 koronavirusi hozircha Markaziy Osiyo mamlakatlariga kirmadi.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 67 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya, Livan, Misr, Eron, Isroil, Iroq, Bahrayn, Afg‘oniston, Quvayt, Ummon, Braziliya, Xorvatiya, Shveysariya, Avstriya, Jazoir, Gruziya, Gretsiya, Shveysariya, Shimoliy Makedoniya, Norvegiya, Irlandiya, Estoniya, Dominikan Respublikasi, Belarus, Nigeriya, Yangi Zelandiya, Monako, Lyuksemburg, Litva, Qatar, Islandiya, Chexiya, Ozarbayjon, Daniya, Meksika, Ekvador, San Marino, Niderlandiya, Indoneziya va Ruminiyada aniqlandi.

Virusdan halok bo‘lganlar 3046 nafarga, kasallanganlar 89 068 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing