OAV: Trampning sobiq xodimlari hech qayerga ishga olinmayapti 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining sobiq xodimlari ish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda "The Washington Post" ma’lum qilgan.  

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ish beruvchilarning Trampning sobiq xodimlariga qiziqishi yo‘qligi sobiq Prezidentning lavozimidan ketayotganda reytingi past bo‘lgani, shuningdek, uning tarixda ikki marta impichment qilingan birinchi davlat rahbari bo‘lgani bilan izohlanadi. 

"Direktorlar kengashiga muammolar yoki tanqidlar kerak emas", deyilgan nashr manbalaridan birida. 

Boshqa ekspertlarning ta’kidlashicha, kompaniyalar hozirda Oq uyni va Kongressning har ikkala palatasini boshqaradigan AQSH Demokratik partiyasining roziligini olishga harakat qilmoqda. 

Bu umuman respublikachilarga, shu jumladan sobiq ma’muriyat amaldorlariga bo‘lgan talabni kamaytiradi. 

Avvalroq, AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp yaqin kunlarda "shaxsiy platformasi" bilan ijtimoiy tarmoqlarga qaytishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing