OAV: Tramp yana bir arab davlatini Isroil bilan yarashtirdi

Olam

image

Bahrayn Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risidagi kelishuvga qo‘shilish niyatida. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

Axios nashrining Bahrayn va Isroil amaldorlariga tayanib xabar berishicha, Oq uy Bahraynga bosim o‘tkazishi natijasida mamlakat BAAning izidan borishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyining o‘rtalarida Donald Tramp BAA va Isroil diplomatlik aloqalar o‘rnatish va iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olganini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, agarda Bahray Isroilni tan olsa, u yahudiylar davlatini tan olgan to‘rtinchi arab davlati bo‘ladi. Isroilni arab davlatlari orasida birinchi bo‘lib 1979 yilda Misr tan olgan. Isroil va Misr o‘rtasida AQSH vositachilik qilgan. 1994 yilda Iordaniya ham qo‘shnisini tan olgan.

Oradan uzoq vaqt o‘tib, 2020 yilda BAA ham Isroilni tan oldi. Vositachi yana AQSH bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Bahrayn

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing