OAV: Serxio Ramos “Real” bilan yangi shartnoma imzolaydi

Sport

image

Ispaniyaning “Real” klubi himoyachisi va sardori Serxio Ramos jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda “El Espanol” nashri xabar tarqatdi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga yetadi. Avvalroq ispan OAV Ramos va “Real” kelisha olmayotganini va futbolchi jamoani tark etishini ma’lum qilgandi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, yangi shartnoma 2023 yilgacha tuziladi, futbolchining maoshi koronavirus sabab klub zarar ko‘rgani tufayli 10 foizga kamaytiriladi va yiliga 12 mln yevroni tashkil qiladi. 

Ramos 34 yoshda. U 2005 yildan beri “Real” safida to‘p suradi. Futbolchi madridliklar safida besh karra Ispaniya chempioni, to‘rt katta mamlakat superkubogi, to‘rt karra Chempionlar ligasi hamda klublar o‘rtasida jahon chempionatining bosh sovrini sohibi bo‘lgan. Shuningdek, uch marta UEFA superkubogini yutgan.

Joriy mavsumda u turli musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.

U Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempionati (2010) va Yevropa chempionatini (2008, 2012) yutgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Serxio Ramos

Baholaganlar

44

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing