Habib 6 kilogramga ozishi kerak
Sport
−
04 Sentabr 2019
9750Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Habib Nurmuhamedov Dastin Porega qarshi bo‘ladigan janggacha 6 kilogramm vazn tashlashi lozim.
Rasmiy vazn o‘lchash marosimi 6 sentyabr kuni bo‘ladi. Pore va Habibning vazni 70 kilogrammdan ortib ketmasligi lozim.
"Habib kecha 76 kilogramm vazn ko‘rsatdi. Yana 4 ta mashg‘ulot qoldi. Ularning har birida 1,5 kilogramm vazn yo‘qotish lozim", dedi Habibning jamoadoshi.
Habib Nurmuhamedov va Dastin Pore o‘rtasidagi jang 7 sentyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi