OAV Nazarboyevning kenja qizi qayerdaligini fosh qildi

Olam

image

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya Nazarboyeva ayni vaqtda Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Orda.kz” nashri uning qayerdaligini fosh qildi. 

“Qozog‘iston sobiq Prezidentining kenja qizi o‘zining Instagram akkauntini yopdi. Bugun tongda u mamlakatda sodir bo‘layotgan so‘nggi voqealardan juda xavotirda ekanini aytib, otasini qo‘llab-quvvatlagan Qozog‘iston xalqiga minnatdorlik bildirdi.  Keyinroq Instagram’dagi sahifasi yopilib qoldi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumki, Instagram sozlamalari orqali akkauntning joylashuvini aniqlashning iloji bor. Aliya Nazarboyevaning sahifasida uning Birlashgan Arab Amirliklarida ekanligini ko‘rish mumkin.

Qozog‘istonning sobiq Prezidentining kenja qizi 41 yoshda. U biznes, ijtimoiy faoliyat, xayriya va kino ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 2017 yilning noyabr oyidan buyon mamlakatda tashkil etilgan Ekologik tashkilotlar uyushmasi rahbari lavozimini egallab keladi.

Ma’lumot uchun, 2019 yil mart oyida Prezident lavozimini Qosim-Jomart To‘qayevga topshirib, Elboshini rutbasini olgan va Xavfsizlik Kengashini boshqarib kelayotgan Nursulton Nazarboyev Qozog‘istondagi namoyishlar avj olishi fonida Xavfsizlik Kengashi boshqaruvini ham qo‘sh qo‘llab Prezident To‘qayevga topshirdi. O‘shandan buyon uning qayerdaligi shubha ostida. Garchi Nazarboyevning atrofidagilar 8 yanvardan boshlab tilga kirib, uning mamlakatda bo‘lib turganini aytayotgan bo‘lsa-da, sobiq Prezident hozirgacha hech yerda ko‘rinish bermadi. Hatto, to‘ng‘ich qizi – deputat Darig‘a Nazarboyeva ham 11-12 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan Parlament yalpi majlisida ishtirok etmagan. Uning koronavirusga chalingani va kasallik sabab ta’tilda ekani aytildi. 

Nazarboyev ko‘rinish bermayotgan bir vaqtda esa uning hatto sog‘lig‘i haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Namoyishlarda esa sobiq Prezidentning Olma-otadagi saroyi yoqib yuborildi, haykali qo‘porib tashlandi.

Eslatib o‘tamiz, namoyishlar davom etayotgan bir paytda Aliya Nazarboyeva Buyuk Britaniya fuqaroligini olish maqsadida mamlakatdan 300 million dollar olib chiqib ketgan va Londondan uy sotib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

463

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing