OAV: Eronda ayol koronavirusdan vafot etdi
Olam
−
12 fevral 2020
9409Eronda vafot etgan ayolning o‘limiga koronavirus infetsiyasi sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti. Bu haqda IRAN davlat gazetasi xabar berdi.
Ma’umlotlarga ko‘ra, Tehrondagi shifoxonada 63 yoshli ayol vafot etgan va uning o‘limi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish belgilangan.
“Reuters”ning yozishicha, Eron Sog‘liqni saqlash vaziri Kianush Jahonpur bu xabarni rad qilgan.
“Koronavirus bilan kasallanish Eronda qayd etilmadi”, degan u.
Eron sog‘liqni saqlash tashkilotlari mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilmaganini bir necha marta ta’kidlagandi.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.
Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 27 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya va Belgiyada aniqlandi.
Virusdan bugungacha 1115 nafar odam halok bo‘ldi. U bilan kasallanganlar soni 45 171 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.
Yangi koronavirusga Novel Coronavirus Pneumonia (NCP) nomi berildi. U bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.
LiveBarchasi