OAV: Eron parlamenti yadro faoliyatini qayta tiklash loyihasini ma’qulladi

Olam

image

Eron parlamenti mamlakatning yadro faoliyatini tiklash bo‘yicha loyihaning umumiy qoidalarini ma’qulladi. Bu haqda “Fars” agentligi xabar berdi. 

Agentlikka ko‘ra, joriy yilning 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament yig‘ilishida 251 deputat sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha strategik chora, deb nomlangan loyihani yoqlab ovoz berdi. Yadro muhandisi Muhsin Faxrizoda o‘ldirilganidan so‘ng, qonun loyihasini tezkor asosda ko‘rib chiqishga qaror qilingan.

Qonun loyihasida mamlakatda yiliga 120 kilogramm uranni 20 foizga boyitish bilan uran ishlab chiqarish va to‘plash (20% dan yuqori uran qurol darajasida hisoblanadi), shuningdek oyiga kamida 500 kilogramm kam boyitilgan uran ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda Eron uranni shartnomada nazarda tutilgan 3,67 foiz o‘rniga 4 foizdan yuqori darajada boyitmoqda.

Bundan tashqari, parlament a’zolarining ta’kidlashicha, uranni boyitish uchun IR-2M va IR-6 sentrifugalaridan foydalanish rejalashtirilgan. Yadroviy kelishuv esa birinchi avlod IR-1 sentrifugalaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi.

Loyiha Arakdagi 40 MVt og‘ir suv reaktorini “optimallashtirish”ni va tibbiy maqsadlar uchun radioizotoplar ishlab chiqarish maqsadida yana 40 MVt og‘ir suv reaktorini qurishni o‘z ichiga oladi. Kelishuv Arakdagi mavjud reaktorni radioizotoplar ishlab chiqarish uchun qayta loyihalashdan iborat, shunda u qurol darajasidagi plutoniyni ishlab chiqarmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, qonun loyihasini ratifikatsiya qilish uchun Eronda qonun loyihalarini tekshiradigan maxsus parlamentdan tashqari hokimiyat organi – Konstitutsiya Himoyachilar Kengashining roziligi ham talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvaroq Eron Mudofaa vazirligi yadroviy fizik Muhsin Faxrizoda o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi. U Eron poytaxti yaqinidagi Absard aholi punktida terrorchilar hujumi qurboni bo‘ldi. 

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Isroilning yadrochi olim qotilligiga aloqadorligini e’lon qilgandi. U xalqaro hamjamiyatni, xususan Yevropa Ittifoqini ikki tomonlama standartlar siyosatiga barham berishga va “davlat terrorizmi” harakatini qoralashga chaqirdi. 

Keyinchalik, yadrochi olimining o‘limidan so‘ng, Eron AQSH va Isroilni ogohlantirdi. “Eron o‘z xalqi va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, deyiladi Islom Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravanchining BMT Bosh kotibi va Xavfsizlik Kengashi Raisining nomiga yuborgan maktubida.

Eronda olimning o‘limi munosabati bilan 40 kunlik motam e’lon qilindi

Shuningdek, BMT dunyo mamlakatlariga Eronda mamlakatning yadro dasturi rahbarlaridan biri bo‘lgan fizik Muhsin Faxrizodaning o‘ldirilishi munosabati murojaat qilib, ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing