OAV: Bayden Usmonli imperiyasidagi arman genotsidini rasman tan olishga tayyor 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden XX asr boshlarida Usmonli imperiyasida armanlarning qirg‘in qilinishini rasman tan olmoqchi. Bu haqda "The Wall Street Journal" Amerika rasmiylariga tayanib yozmoqda.

Gazetaning yozishicha, Amerika rahbari 24 aprel kuni bayonot berishi mumkin. Har yili ushbu sanada Armanistonda Arman genotsidi qurbonlarini xotirlash kuni nishonlanadi.

Nashr manbalarining xabar berishicha, Oq Uy rahbari Usmonli turklar tomonidan 1915 yilda boshlangan armanlarning deportatsiyasi, ocharchilik va qirg‘inini genotsid deb tan oladi. Biroq, ular bu masala bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini xabar qilgan.

Manbaga ko‘ra, Bayden faqat rasmiy bayonot bilan chiqishi, lekin unda 1915 yil voqealarini rasman genotsid deb tan olmasligi ham mumkin.

Ma’lumki, AQSHning avvalgi Prezidenti Donald Tramp arman o‘ldirilishini genotsid deb tan olishdan bosh tortgan, chunki u Turkiya bilan munosabatlar yomonlashishidan xavotirda bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yil 12 dekabrda AQSH Kongressi Senati arman genotsidini rasman tan olish va xotirlash zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Usmonli imperiyasida armanlarni qirg‘in qilish faktini 23 ta davlat tan olgan. Turkiya an’anaviy ravishda tegishli ayblovlarni rad etib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

arman genotsidi

Baholaganlar

348

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing