OAV: Anqara Suriya chegarasiga zirhli texnikalarini yubordi

Olam

image

Turkiya zirhli transport vositalari bilan jihozlangan 43 ta yuk platformasini Suriya bilan chegaradosh Iskenderun shahriga yubordi. Bu haqda “Milliyet” nashri xabar bermoqda.

“Xatay provinsiyasining Iskenderun shahriga temir yo‘l orqali 43 ta vagonda zirhli transport vositalari va o‘q-dorilar yuborildi. Ular chegara bo‘linmalari o‘rtasida taqsimlanadi”, deyiladi turk nashrida.  

“Bundan tashqari, chegara hududiga Turkiyaning zirhli transportlar va o‘q-dorilar bilan qurollangan maxsus kuchlarning kelishi davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

So‘nggi kunlarda Suriyaning Idlibga hujumlarni kuchaytirish fonida Anqara va uning ba’zi sheriklari rasmiy Damashq va Moskvani gumanitar binolar va turk harbiylariga zarba berishda ayblamoqda.

Joriy yilning 7 fevral kuni Turkiya maxsus kuchlarini Idlib zonasidagi kuzatuv punktlariga o‘tkazishni boshlagan edi.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Idlibdagi vaziyat normallashmasa, Anqara jim turmaydi va buning uchun barcha zarur choralarni ko‘radi, shu jumladan harbiy kuch ham ishlatadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Anqara

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing