Ohangarondagi ochiq maydonda yirik yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 24 iyul kuni Ohangaron tumani Markaziy qo‘rg‘on MFY hududidagi “Bioekohimoya” xususiy korxonasiga qarashli ochiq maydonda yong‘in yuz berdi. Bu haqda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 12:28 da xabar kelib tushgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi, 32 nafar harbiy xizmatchi hamda ko‘ngilli fuqarolar jalb etildi. Birinchi bo‘linma chaqirilgan manzilga soat 12:40da yetib borib, yong‘in 16:30 da qurshab olindi va soat 17:20 da to‘liq bartaraf etildi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in davrida ochiq maydonda quruq o‘t va shox-shabba yongan. Yong‘inning taxminiy sababi ochiq olovdan foydalanishdagi ehtiyotsizlik deb hisoblanmoqda.

Hozirda ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yogg'in

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar