Ohangarondagi gaz “zapravka”da janjal yuz berdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangarondagi gaz quyish shoxobchasida janjal kelib chiqqani haqida videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

O‘rganishlarga ko‘ra, voqea avtomobillarga gaz quyish jarayoni yoki u yerda navbat talashgan haydovchilar bilan bog‘liq emasligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, holat Ohangaron tumani “Shodmalik” mahallasida o‘tkazilgan to‘y marosimida sodir bo‘lgan. Xonadonga mehmon sifatida kelgan kuyovning jo‘ralari va kelinning sinfdosh do‘stlari o‘zaro tortishib qolgan.

Shundan so‘ng, ular to‘y bo‘layotgan xonadon yaqinida joylashgan, hozirgi kunda ta’mirlash ishlari sabab ish faoliyatida bo‘lmagan gaz quyish shoxobchasida janjallashgan.

Qayd etilishicha, ushbu voqea yuzasidan hududiy ichki ishlar bo‘limiga biror xabar kelib tushmagan.

Janjalda ishtirok etganlarning barchasi o‘rnatilgan tartibda jinoyat ishiga jalb etilib, tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

258

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing