Ohangaronda yuk mashinasi bog‘cha devoriga urildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Ohangaron tumani Sanam qishlog‘ida yaqinda ochilish marosimi bo‘lgan bog‘chaga “Toshkent suv ta’minoti” MCHJga tegishli bo‘lgan mast haydovchi boshqaruvidagi katta yuk mashinasi bostirib kirgani haqida xabarlar tarqaldi. “O‘zsuvta’minot” AJ holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 avgust kuni harakatlanish paytida mashina rulining gidravlika qismi nosoz holga kelganligi tufayli haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va bolalar bog‘chasining himoya devoriga urilib, unga shikast yetkazgan. Olib borilgan o‘rganishlar natijasida yuk mashinasi haydovchisi mast holatda bo‘lmagani hamda har kuni yo‘lga chiqishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tgani va sog‘lom holatda ekani tasdiqlangan. 

Shu bilan birga, “Toshkent suv ta’minoti” MCHJning xodimlari bog‘cha mudirasi bilan bog‘chaning himoya devorini qayta tiklash bo‘yicha kelishgan. Hozirda maxsus texnika(avtokran)dagi nosozlik bartaraf etilib, ishga shay holatga keltirilgan. Shu kunning o‘zida Sanam qishlog‘idagi nasos agregati nosozligi bartaraf etilib, suv ta’minoti qayta tiklangan.

Ma’lumot uchun, hozirda “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ xodimlari tomonidan bolalar bog‘chasining himoya devori qayta tiklanmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing