Ohangaronda propan olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darildi
3-sahifa
−
16 aprel 2022
10120Kecha, 15 aprel kuni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida yuk mashinasi ag‘darilib, haydovchi vafot etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
YTH soat 17:40 larda Ohangaron tumani “A-373-M-39-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh” avtomobil yo‘lining 201-kilometrida yuz bergan. Gaz sisternasi ortilgan DAF rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan haydovchi yo‘lning keskin burilishiga kelganda boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi oqimni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan va transport vositasi ag‘darilgan.
Hodisa natijasida haydovchi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.