Ohangaronda bolalar haqqini o‘margan bog‘cha mudirasi ushlandi (video)
3-sahifa
−
02 noyabr
7574Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Ohangaron tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 31-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari davlat tomonidan bolalarga ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarini talon-toroj qilgani haqida videolar tarqaldi. Ushbu holatga viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 22 oktyabr kuni sodir etilgan. Shu kunning o‘zida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan mas’ullardan iborat ishchi guruh tuzilib o‘rganish olib borilgan. Ayni paytda mazkur holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ham nazoratga olingan. Dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“O‘rganishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati Peshku tumanidagi 14-maktabgacha ta’lim muassasasida 150 nafar bola uchun tayyorlanayotgan ovqatdan 300 gramm go‘sht chiqqan edi. Shundan so‘ng, bog‘cha mudirasi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan.