Ohangaronda 3 ta mashina ishtirokida YTH bo‘ldi
3-sahifa
−
01 iyun
6608Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Gentra, Damas va Chery rusumli avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXB Axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa kecha, 31 may kuni holat Toshkent viloyati Ohangaron tumanida soat taxminan 17:00 larda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A373 “M39 avtoyo‘li - Guliston - Bo‘ka - Angren - Qo‘qon va Andijon orqali – O‘sh” avtomobil yo‘lining 165-kilometrida sodir bo‘lgan.
1964 yilda tug‘ilgan R.A boshqaruvidagi Damas rusumli transport vositasida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga qo‘shilayotgan vaqtida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchilar – 1977 yilda tug‘ilgan X.B boshqaruvidagi Gentra va 1987 yilda tug‘ilgan Yu.D boshqaruvidagi Chery TIGGO 7 PRO rusumli transport vositalari bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.
Haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Og‘ir tan jarohati va vafot etganlar yo‘q.
“Holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda avtobus va teplovoz ishtirokida YTH bo‘lgandi.