Ohangaron hokimi Zoyir Mirzayevning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
Jamiyat
−
20 may
7399Toshkent viloyatidagi Ohangaron tumani hokimi Erkin Muhiddinov boshqa lavozimga o‘tgani uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda bugun, 20 may kuni xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Toshkent viloyati hokimi, senator Zoyir Mirzayev tumanda ayni damda yig‘ilib qolgan tizimli muammolar, mavjud kamchiliklar va o‘z navbatida, yuksak potensial hamda istiqbolli loyihalar xususida tanqidiy-tahliliy nutq so‘zlagan.
“Mahalla yettiligi”ning faol ishlashi, ularning jonkuyarligi, fidoyiligi ko‘p muammolarni oldini oladi. Afsuski, Ohangaronda bu borada jiddiy oqsoqlik bor”, degan Zoyir Mirzayev.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Erkin Muhiddinov Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Erkin Muhiddinov 1976 yili Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. 1997 yili Andijon iqtisodiyot boshqaruv instituti, 2000 yili Bank-moliya akademiyasi, 2007 yilda Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktabi (IDEAS-JETRO, Yaponiya)ni tamomlagan. U Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2023 yilning avgust oyidan beri Erkin Muhiddinov Ohangaron tumanini boshqarib kelayotgandi.
LiveBarchasi